Ukraina Belarus bilan temir yoʻl aloqasini uzdi
Arxiv surat
“Ukrzaliznыsi” (“Ukraina temir yoʻli”) AJ boshqaruvi rahbari Aleksandr Kamishin hozirda Ukraina va Belarus oʻrtasida temir yoʻl aloqasi yoʻqligini maʼlum qildi.
Kamishin belaruslik temiryoʻlchilarga murojaat qilib, Rossiya texnikasi bilan poyezdlarni Ukrainaga olib kirmaslikni soʻragan.
Belarus transport vazirligi Rossiyaning “maxsus harbiy operatsiyasi” fonida Ukraina bilan temir yoʻl orqali yuk tashishni toʻxtatgandi. Ushbu mamlakatlar oʻrtasida temir yoʻl orqali yoʻlovchi tashish koronavirus pandemiyasi sababli toʻxtatilgan edi.
Maʼlumki, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi. Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring