Uxanda yana koronavirus holati qayd etildi
Foto: РИА Новости
Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasining xabar berishicha, 9-may kuni mamlakatda 14 kishida koronavirus borligi aniqlandi. Eʼtiborlisi shundaki, koronavirus ilk bor paydo boʻlgan Uxan shahrida ham yangi holat qayd etildi. Bu yerda 3-apreldan beri hech kim koronavirusga chalinmayotgandi.
Xitoy hukumati payshanba kuni mamlakatning barcha provinsiyalarni rasman koronavirus xavfi past hudud deb eʼlon qilgan edi. 3-mayda mamlakatda bittagina holat qayd etilgan. Ammo shundan beri kunlik kasallanganlar soni ortib bormoqda.
9-may kungi holatlarning 11 tasi Jilin provinsiyasining Shulan shahrida qayd etilgan. Undan tashqari, chetdan kelgan ikki kishi ham virusni yuqtirib olgani maʼlum boʻldi.
Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasining maʼlumotlariga koʻra, 9-may kuni Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 82 901 nafarga yetdi. Vafot etganlar 4633 kishini tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring