Uyida 124 ta ilon saqlagan odam ilon chaqishi oqibatida hayotdan koʻz yumdi

20:31 14 Aprel 2022 Dunyo
2912 0

Arxiv surat

AQSHning Merilend shtatida yashovchi 48 yoshli erkak uyida 124 ta ilon saqlagan va ulardan birining chaqishi oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda “NBC Washington” xabar bermoqda.

“Ilonlar shinavandasi”ning gʻoyib boʻlganini qoʻshnisi payqab qolgan. Maʼlum muddat koʻrinmay qolganidan keyin u qoʻshnisining uyini derazasidan qaragan va yerda yotganini koʻrdi. Keyin tez yordam chaqirgan.

Politsiya yetib kelganida, erkak hayotdan koʻz yumib boʻlgan edi. Uning uyida huquq-tartibot idoralari xodimlari 124 ta ilon topgan. Qafaslarda saqlangan ushbu ilonlardan birining uzunligi toʻrt metrga yetadi.

Politsiya maʼlumotlariga koʻra, erkak baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan. Oʻlimga ilon chaqishi sabab boʻlgan.

Hayvonlarni himoya qilish xizmati vakillari sudralib yuruvchilarning katta toʻplamini oʻrganib chiqib, ularining baʼzilari saqlash taqiqlangan zaharli turlar ekanligini aniqlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер