Uy sharoitida tahsil olayotgan oʻquvchilarga kompyuter jamlanmasi sovgʻa qilindi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan viloyatining olis va chekka hududlarida uy taʼlimida tahsil olayotgan bolajonlar holidan xabar olinib, ularga turli sovgʻalar taqdim etib kelinmoqda.
Jumladan, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bu boradagi ishlar yanada keng quloch yoydi.
Sana munosbati bilan bir qator bolajonlar, xususan, Angren shahridagi 3-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Muhayyo Mardonova, shuningdek, 18-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Miraziz Mahmudov, Ohangaron tumanilik Shahina Abdumanappova hamda Xurshodbek Qoʻshdavlatov holidan xabar olindi.
Eʼtiborlisi, ularning koʻnglini koʻtarish, qoʻllab-quvvatlash maqsadida Fond tomonidan kompyuter jamlanmasi sovgʻa tariqasida topshirildi.
Shodiyor Mutaharov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring