Uchtepa tumanida oʻqituvchilar qurultoyining tuman bosqichi oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 7-noyabr kuni butun Respublika boʻylab “Ustoz taʼlim bunyodkori” shiori ostida oʻqituvchilar qurultoyining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir quyidagi shoʻbalarda tashkil etildi:
— Aniq fanlar;
— tabiiy fanlar;
— boshlangʻich taʼlim;
— ona tili va adabiyot.
Seminar davomida har bir yoʻnalishda oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari tinglanib umumlashtirildi.
Qurultoy doirasidagi mashgʻulotlar amaliy shaklda tashkil etildi. Oʻqituvchilar mashgʻulot jarayonida oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, oʻz faniga doir muammolar va ularning yechimlari borasida fikr almashishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring