Uchqoʻrgʻonda baliq eksporti boshlandi

11:50 31 Yanvar 2022 Jamiyat
755 0

Foto: Халқ сўзи

Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi noyob baliq turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “DB Group Eco” korxonasi kuni kecha oʻz mahsulotlarini xorijga eksport qilishga kirishdi. Umumiy qiymati 75 ming dollarga teng 20 tonna miqdordagi forel baliqlari Rossiya Federatsiyasidagi hamkorlarga yuborildi.

Faoliyatini boshlaganiga ikki yildan oshgan “DB Group Eco”ning loyiha qiymati 40 milliard soʻm boʻlib, shundan 28 milliardi bank krediti, 12,5 milliardi esa taʼsischi mablagʻlariga toʻgʻri keladi. Zamonaviy xavzalarda yiliga 1500 tonna mahsulot yetishtirish quvvatlari yaratilgan. Bu yerda Yevropa tajribasiga asoslangan holda forel va losos singari baliqlari intensiv usulda parvarishlanmoqda. Baliq uvildiriqlari va ozuqasi Daniya va Germaniyadan keltiriladi.

Asosan chuchuk va kislorodga toʻyingan suvlarda yashaydigan, sovuqsevar ushbu baliq turlarini yetishtirish uchun korxona hovuzlariga suv Norin daryosidan quyiladi va aylanma oqim bilan yana daryoning oʻziga qaytadi. Baliqlar uvildiriqdan to tovar holatiga yetguniga qadar 1-1,5 yil vaqt davomida boqiladi.

Qudratilla Najmiddinov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер