Uch bokschi YTH qurboni boʻldi
Qozogʻistonlik uch bokschi — Yelaman Raxmetolla, Nurken Nurimov va Sunkar Telmanov YTH oqibatida hayotda koʻz yumdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Ular Atirau viloyati terma jamoasi aʼzolari edi.
“Iqtidorli bolalar endigina yoshlar jamoasidan kattalar boksiga oʻtishgan va ulardan umidimiz katta edi”, — deyiladi Qozogʻiston boks federatsiyaning taʼziyanomasida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring