Uch hududda qiymati 600 mln soʻmdan ortiq boʻlgan elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

19:02 03 Iyul 2025 Jamiyat
260 0

Illyustrativ foto

Andijon, Fargʻona va Samarqand viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Departamentning Andijon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.T.” MCHJ masʼul shaxslari “Qumkoʻcha” MFY hududidagi sexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 361,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Oʻzbekiston tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.A.” fermer xoʻjaligi rahbari D.M. tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 150,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Toyloq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.V.” fermer xoʻjaligi rahbari M.M. suv nasoslarini tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 103,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq iyun oyi mobaynida qiymati 136 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер