U-21 Yevropa chempionati saralashida mojaro
Videodan kadr
Kecha, 31-mart kuni futbol boʻyicha 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Isroil U-21 jamoasi oʻz maydonida Bosniya va Gersegovina yoshlar termasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv oldidan gʻalati holat yuz berdi. Bosniya va Gersegovina yoshlar termasi futbolchilari oʻyin oldidan Isroil yoshlari bilan qoʻl berib salomlashishni xohlashmadi. Bu holat Isroil va baʼzi gʻarb nashrlari tomonidan salbiy qabul qilindi. Ular bu holatni antisemitizm deb atashdi.
Yevropada Isroilni tanqid qilish kayfiyati juda yuqori. Jumladan, Bosniya va Gersegovina mamlakatda ham. Ushbu mamlakat aholisining katta qismini musulmonlar tashkil etadi.
Oʻyin esa 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Ushbu natijadan soʻng, Bosniya va Gersegovina terma jamoasi “G” guruhida ikkinchi oʻrinni mustahkamlab olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring