Tyuring federal yerlari hukumati delegatsiyasi bilan taʼlim, startaplar va ilmiy loyihalarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

13:06 02 May 2023 Siyosat
381 0

Bugun Germaniyaning Tyuring Federal Yerlari hukumat delegatsiyasi aʼzolari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tashrif buyurdilar. Tyuringning iqtisodiyot, oliy taʼlim va raqamlashtirish boʻyicha Davlat kotibi Karsten Filler boshchiligidagi delegatsiyani vazir Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi

Tomonlar Germaniya hukumati va yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda professional taʼlim tizimini yangi darajaga koʻtarish, talabalar va yoshlar uchun sunʼiy intellekt boʻyicha yozgi maktablarni tashkil etish, startap ekotizimini rivojlantirish, olimlar uchun qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarini oʻtkazish, yosh tadqiqotchilarni Germaniyaning yetakchi ilmiy markazlari va universitetlariga stajirovkalarni tashkil qilish kabi masalalarni muhokama qildilar.

Vazir I. Abdurahmonov Oʻzbekistonda turli yoʻnalishlarda ilmiy maktablar, universitetlar, texnikum va kollejlar faoliyat yuritayotgani, ularning rivojlanishi, taʼlim sifatining oshishida xalqaro hamkorlik, xususan Germaniyaning taʼlim sohasidagi yutuqlarini tatbiq etish muhim ekanini qayd etib, mazkur davlat bilan hozirda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni yanada kengaytirish lozimligini taʼkidladi.

Tomonlar ikki mamlakatda oʻtkazilayotgan yirik xalqaro innovatsion, ilmiy tadbirlarda ikki davlatlar olimlari, startapchilar, innovatsion korxonalar, ixtirochilar innovatorlar ishtirokini taʼminlash zarurligini qayd etdilar. Xususan, germaniyalik mehmonlar yurtimiz vakillarini iyun oyida Tyuringda boʻlib oʻtadigan Innovatorlar kunida ishtirok etishga taklif qildilar. Shuningdek, Germaniya tomoni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan InnoWeek.uz-2023 innovatsion gʻoyalar haftaligida ishtirok etishga taklif etildi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер