“Twitter”ning tezligini sekinlashtirish Rossiyaga “qimmat”ga tushishi mumkin

19:39 10 Mart 2021 Dunyo
1211 0

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Roskomnadzorning 10-martdan boshlab “Twitter” ijtimoiy tarmogʻining tezligini pasaytirish toʻgʻrisidagi qarorga izoh berdi.

Unga koʻra, platforma 2017-yildan to hozirgi kungacha talab boʻyicha taqiqlangan maʼlumotlarni olib tashlamaganligi sababli shunday qarorga kelingan.

Kreml vakilining qayd etishicha, ruslar dunyoning barcha resurslaridan foydalanishlari kerak, ammo bu manbalar qonuniy asosda ishlashi lozim.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning “Twitter”ni blokirovka qilish uchun “istak yoʻq”. Ammo Roskomnadzorning mamlakat qonunlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha choralari juda asosli.

Maʼlumki, joriy yilning 10-martidan boshlab “Twitter” Roskomnadzor “Twitter” ijtimoiy tarmogʻining tezligini pasaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bunga platforma 2017-yildan hozirgi kungacha tashkilot talabiga binoan taqiqlangan maʼlumotlarga ega boʻlgan 3168 materialni, shu jumladan, voyaga etmaganlar tomonidan oʻz joniga qasd qilishga oid 2569 ta chaqiriqni, bolalar pornografiyasiga oid 450 ta hamda 149 ta giyohvand moddalarga doir maʼlumotni oʻchirib tashlamagani sabab boʻlgan.

Ayrim manbalarga koʻra, Roskomnadzor koʻrgan choralar oqibatida platforma ishida sekinlashish kuzatilgani yoʻq. Ammo federal organlarning saytlari, onlayn davlat xizmatlari platformalari ishdan chiqqan. Oʻnlab banklarning mijozlari onlayn va mobil ilovalar ishlamayotganidan shikoyat qilishgan.

Ekspertlar bu choralar Rossiya iqtisodiyotiga katta miqdorda zarar keltirishi mumkinligini aytishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер