Turkmanistonda velosiped monumenti ochildi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Velosiped monumentini ochib berdi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ochilish marosimidan keyin u ishtirokchilar bilan birga 12 kilometrlik velopoygada qatnashgan.
Ochilish marosimida ekologik va qiziqarli sport turi boʻlgan velosiped sporti davlat aholisining salomatligini mustahkamlashda muhim rol oʻynashi, shunga koʻra mamlakatda velosport bilan shugʻullanuvchi odamlar soni ortib borayotgani qayd etib oʻtildi.
Maʼlumot uchun, har yili dunyoda 3-iyun Jahon velosiped kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring