Turkiyaning “MNG Airlines” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam yuk tashish qatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

15:29 26 May 2021 Iqtisodiyot
785 0

Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Hukumatlari oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim asosida «Oʻzaviatsiya» agentligi tomonidan Turkiya Respublikasining “MNG Airlines” aviakompaniyasiga 2021-yil 26-mayda 98-K sonli Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu ruxsatnomaga muvofiq “MNG Airlines” aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasiga Istanbul – Navoiy – Istanbul yoʻnalishida muntazam yuk tashish parvozlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniya yuk tashish parvozlarini Airbus 300-600, Airbus 330-200 va Airbus 330-300 havo kemalarida amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер