Turkiyadagi zilziladan 205 soat oʻtib vayronalar ostidan ayol kishi qutqarib olindi

20:29 14 Fevral 2023 Dunyo
1021 0

Foto: Reuters

Turkiyada dahshatli zilziladan 205 soat oʻtib, Qahramanmarash viloyatida 35 yoshli ayol vayronalar ostidan qutqarib olindi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi xabar berdi.

Bungacha zilziladan 204 soat oʻtib Xatay viloyatining Antakya tumanida boshqa bir ayol qutqarib olingani xabar qilingan edi. Muna Dabul ismli bu ayol xorij mamlakati fuqarosi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Turkiyaning Hatay viloyatida vayronalar ostidan bir kishi zilziladan 203 soat oʻtib olib chiqilgan. Jabrayil shahridagi birinchi zilziladan 201 soat oʻtib, 26 yoshli ayol tirik holda topildi.

Oldinroq, “TRT Haber” telekanali jonli efirida Turkiyaning Adiyaman viloyatida qutqaruvchilar yer silkinishidan 197 soatdan keyin 18 yoshli oʻsmirni tirik holda topgani maʼlum qilgan edi. 

Qayd etilishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasida qatnashayotgan qutqaruvchilar Muhammadning ovozini olti qavatli bino vayronalari ostidan eshitgan. Ular bir necha soat davomida beton plitalar orqali yoʻl ochishib, yigitni vayronalar ostidan olib chiqishgan.

Shu yilning 6-fevral kuni Turkiyada 7,7 va 7,6 magnitudali bir necha zilzila sodir boʻldi. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda sodir boʻlgan yer silkinishlari oqibatida 31974 kishi halok boʻlgan, 195962 kishi jarohatlangan.

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning maʼlum qilishicha, qutqaruvchilar toʻqqiz kun ichida vayronalar ostidan 8 mingdan ortiq odamni olib chiqishga muvaffaq boʻlishgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер