Turkiyadagi oʻzbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
Foto: Getty Images
Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarni jamoat joylarida hushyor boʻlishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona xodimlari va Turkiya IIV Politsiya tashkiloti vakillari oʻrtasida maslahatlashuv oʻtkazilgan. Unda 23-oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatlari va jamoat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilingan.
“Shu munosabat bilan, vatandoshlarimizdan jamoat joylarida hushyorlikni oshirishlari va ehtiyot choralarini koʻrishlari, ayniqsa aeroport, temir-yoʻl vokzali, avtoshohbekat, kemalar stansiyalarida, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari soʻraladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Turkiyadan chiqib ketish arafasida boʻlgan fuqarolarga aeroportlarga qayddan oʻtish (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borish, shubhali buyumlar va shaxslar toʻgʻrisida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmalariga xabar berish tavsiya etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring