Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Qurbonlar bor

16:42 09 Avgust 2021 Dunyo
1096 0

Foto: AP

Turkiya shimoli-gʻarbidagi Baliqesir viloyatida avtobus agʻdarilib ketdi. 

«Anadolu» axborot agentligi xabariga koʻra, hodisa oqibatida kamida 14 kishi halok boʻlgan. Yana 18 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Voqea joyida surishtiruv ishlari olib borilmoqda, hodisaning sabablari oʻrganilmoqda.

Bu Turkiyada bir hafta ichida yuz bergan ikkinchi avtobus halokati. 2-avgust kuni Antaliyada rossiyalik sayoyhlarni olib ketayotgan avtobus agʻdarilib ketishi oqibatida uch kishi halok boʻlib, 16 yoʻlovchi tan jarohati olgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер