Turkiyada Isroil konsulligiga qilingan hujum ishi boʻyicha 11 kishi qoʻlga olindi
Turkiyada Isroilning Istanbuldagi konsulligiga qilingan hujumga aloqadorlikda gumon qilinib 11 kishi qoʻlga olindi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Qoʻlga olish amaliyotlari Istanbul, Kojaeli va Konyada oʻtkazildi. Bundan avval (7-aprel kuni) politsiya bilan otishmada yaralangan ikki nafar hujumchi qoʻlga olingan edi.
Eslatib oʻtamiz, seshanba kuni Isroil konsulligiga uch nafar qurollangan shaxs hujum qilgan. Diplomatik missiya binosi 2,5-yildan beri yopiq boʻlib, uning oldida faqat navbatchi politsiya xodimlari boʻlgan.
Hujum qilganlardan biri otishma paytida oʻldirilgan. Ularning uchalasi ham — Turkiya fuqarolaridir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring