Bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri Rossiyaga, ertaga Ukrainaga tashrif buyuradi

23:47 15 Mart 2022 Dunyo
1222 0

Foto: AFP

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli chorshanba kuni Rossiyaga, payshanba kuni esa Ukrainaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon aytib oʻtdi.

16-mart kuni Rossiya Federatsiyasi va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Moskvada oʻsib borayotgan sanksiyalar bosimi sharoitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.

Ushbu xabarni Rossiya tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqladi.

«16-mart kuni Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi keng koʻlamli masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazish uchun Moskvaga tashrif buyuradi», deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер