Turkiya gʻarbida samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Foto: cnnturk.com
Turkiya gʻarbidagi Bursa shahrida bir dvigatelli samolyot qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok boʻldi.
Shahar maʼmuriyatining jurnalistlarga maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida har ikki uchuvchi ham hayotdan koʻz yumgan. Halokat sabablari aniqlanmoqda.
Samolyot uylar orasiga qulab tushgan. Rasmiylarning qayd etishicha, bundan turar-joy binolariga zarar yetgan. Samolyot yerga zarb bilan urilishi oqibatida yonib ketgan. Favqulodda vaziyat joyi politsiya tomonidan oʻrab olingan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, halokatga texnik nosozlik sabab boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring