Turkiya Armaniston samolyotlari uchun oʻz havo hududini yopdi
Illyustrativ foto
Turkiya arman rasmiylarining uchinchi davlatlarga parvozlari uchun oʻz havo hududini yopdi.
Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli "24TV" telekanali bilan suhbat chogʻida maʼlum qildi. Hukumat vakilining soʻzlariga koʻra, bu Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning samolyotiga ham tegishli.
"Har kuni Turkiya havo hududi orqali parvozlar amalga oshiriladi. Endi biz yopdik. Qoradengiz Iqtisodiy Hamkorligi Parlament Assambleyasi yigʻilishiga [Anqarada] Armaniston parlamenti spikeri keldi. Biz sammitga mezbonlik qilganimiz uchun delegatsiya aʼzosiga havo makonini yopishning iloji boʻlmadi", deydi vazir.
Shu yilning 3-may kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri mamlakat rasmiylari Armaniston uchun havo hududini uchinchi davlatlarga parvozlar uchun yopganini maʼlum qildi.
"Zarurat boʻlsa, mamlakatimizga samolyotlarni kiritamiz, lekin Armaniston tomonidan Turkiya va Ozarbayjonga qarshi provokatsiyalar davom etar ekan, samolyotlar va shaxsiy laynerlarning havo hududimiz orqali oʻtishiga ruxsat bermaymiz", deydi vazir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring