Tuman hokimi Sadbarxon Mamitova mahallada boʻldi

10:02 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
1263 0

Xonada oʻtirib ish bitiradigan zamonlar oʻtib ketdi. Ayni paytda manzilning oʻzida faoliyat tashkil etilmas ekan, hech qanday ijobiy natijaga erishib boʻlmaydi. Bu borada mahalliy hokimlik vakillari ham yangicha ish uslublarini oʻzlashtirib, har bir masala yuzasidan hududlarda boʻlmoqdalar. Jumladan, Boʻston tuman hokimi Sadbarxon Mamitova navbatdagi ish kunini “Yangi obod” MFYda istiqomat qiluvchi 10 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar xolidan xabar olish, ularga moddiy-maʼnaviy koʻmak berishdan boshladi.

— Bir paytlar zarur yumush bilan hokimiyatga borsak, kunlab vaqt sarflardik, —deydi mehnat faxriysi Oyzodaxon Abdurahmonova. –Bugunga kelib hokimlik vakillarining oʻzlari xonadonma-xonadon yurib, asl holatni oʻrganishmoqda. Bu ijobiy samara beryapti. Boisi, oʻzbekchilikda hamma ham tegishli idoralarga murojaat qilavermaydi.

Tuman hokimining bu galgi tashrifi ham samarali kechdi. Natijada 4 nafar fuqaro ishga joylashdi, 5 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilishi uchun sharoit yaratildi. Choʻlponoy Nurmatovaning oilaviy sharoiti ogʻir boʻlganligi sababli moddiy yordam belgilangan boʻlsa Sohibaxon Jalolovaga 3 kun muddat ichida issiqxona qurib beriladigan boʻldi. Zoidjon Mamatov, Malohatxon Nurmatova va Muhammadali Berdiyevlarga 80 boshdan tovuq ajratildi. Goʻyoxon Gulmatova bilan Donoxon Jalolovalar ham chevarchilik hadisi olganu, faoliyatini tashkil etish uchun tikuv mashinasiga ega emas edi. Tuman hokimining koʻmagi bilan ularga tikuv mashinalari ajratildi.

Tuman hokimining mahalladoshlar xolidan xabar olishi tufayli oʻnlab oila sohiblari daromad manbaiga ega boʻldilar.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер