Traversa moslamasi ishlab chiqaruvchi sexda 520 mln. soʻmlik kamomad aniqlandi

14:47 23 Noyabr 2023 Jamiyat
105 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishchi guruhi tomonidan Samarqand shahridagi traversa moslamasi ishlab chiqarish sexida oʻtkazilgan oʻrganishda (elektr simi tortish moslamasi), korxona moddiy javobgar shaxslari jami 3,1 tonna traversa va 4 tonna metall mahsulotidan 520 mln soʻmlik kamomadga yoʻl qoʻyib, rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер