Transport vaziri Xitoy elchisini qabul qildi
Joriy yilning 3-avgust kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yuy Szyun bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishdi.
Xususan, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan «O’zbekiston-Qirg’iziston-Xitoq» temir yo‘li qurilishi loyihasi, shuningdek, yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni tashkil etish hamda joriy yilning 18-19-may kunlari Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi sammitda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog’liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda Transport vazirligi XXR bilan transport logistikasini rivojlantirish, xususan yangi marshrutlar orqali multimodal tashuvlarni ko’paytirish, jamoat transporti harakat tarkibini yangilash hamda ilg’or raqamli texnogiyalarni joriy etish yo’nalishlarida hamkorlikda qo’shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring