Trampning maslahatchisida koronavirus aniqlandi
Foto: rbc.ru
AQSH prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun mablagʻlar yigʻishga masʼul maslahatchisi Kimberli Gilfoyl koronavirusga chalindi.
«Test natijasi musbat chiqqanidan keyin Kimberli zudlik bilan izolyatsiya qilindi. U oʻzini yaxshi his qilmoqda va tashxisni tasdiqlash uchun yana bir marta tekshiruvdan oʻtadi», — dedi Trampning saylovoldi shtabi moliyaviy qoʻmitasi rahbari Serxio Gor.
Unda koronavirus Janubiy Dakotada, Tramp ishtirokidagi tadbir oldidan aniqlangan, deb yozadi CNN oʻz manbasiga tayanib.
Yana bir manbaning aytishicha, Gilfoyl oxirgi vaqtlarda prezident bilan muloqotda boʻlmagan, ammo iyun oxirida Tramp ishtirokidagi tadbirlarda qatnashgan.
Eslatib oʻtamiz, AQSH COVID-19 yuqtirish holatlari boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring