Tojikiston Osiyo chempionatida oʻynaydi, Turkmaniston esa yoʻq
Kecha, 31-mart kuni Osiyo kubogi 2027 musobaqasining saralash bosqichi doirasida oʻtkazilgan bahsda Tojikiston terma jamoasi oʻz maydonida Filippin termasiga qarshi kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Tojikiston tomonidan Sheriddin Boboyev mualliflik qildi. Filippin termasining goli esa Rafayel Obermair hisobiga yozildi.
Shu tariqa uchrashuv durang bilan yakunlandi. Ammo, guruhda Filippin bilan bir xil ochko toʻplagan Tojikiston terma jamoasi toʻplar nisbati evaziga Osiyo chempionati musobaqasining asosiy bosqichiga yoʻl oldi.
“D” guruhidan bahslarga qoʻshilgan Turkmaniston terma jamoasi soʻnggi turda Taylandni safarda magʻlub etsa, musobaqaga yoʻl olishi mumkin edi. Ammo teskarisi boʻldi: mezbonlar uchrashuvda 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Oʻyinda kiritilgan gollarga Taylanddan Subxanan Burerat va Maniyel Bixr mualliflik qildi. Turkmaniston termasining yagona goli esa Temur Chariyev hisobiga yozildi. Shu tariqa Turkmaniston terma jamoasi Osiyo kubogini televizordan kuzatishga majbur boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring