Toshkentning qaysi tumanlarida koronavirus bilan bogʻliqlar holatlar aniqlandi

19:35 17 Aprel 2020 Jamiyat
1665 0

arxiv foto

Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov Toshkentda davolanayotgan, koronavirus aniqlangan bemorlar haqida maʼlumot berdi.

“Toshkent shahri boʻyicha jami qayd etilgan 355 ta holatni tumanlar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, Yunusobod tumanida 68 ta, Sergelida 48 ta, Olmazorda 47 ta, Shayxontohurda 37 ta, Yashnobodda 35 ta, Mirzo Ulugʻbek tumanida 33 ta, Mirobodda 29 ta, Uchtepada 27 ta, Yakkasaroyda 13 ta holat qayd etilgan.

Ushbu koʻrsatkichlar infeksiyaning aholi oʻrtasida tarqalganini emas, balki bemorlar qayd etilgan muassasalarning joylashuviga, qolaversa, karantinda saqlanayotgan fuqarolarning karantin maskani joylashgan manzilga ham bevosita bogʻliq.

Shuning uchun biz hozir tumanlarda kasallanganlar soni qayd etilishiga qarab turib bizning tumanimizda kamroq yoki boshqa tumanda koʻproq ekan degan fikrga borishimiz kerak emas”, deydi Almatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер