Toshkentdan Turkistonga muntazam aviareyslar qoʻyiladi
Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston aviatsiya maʼmuriyatlarining 2021-yil may oyidagi kelishuviga muvofiq ikki davlat oʻrtasida yangi muntazam aviaqatnovlar tashkil etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki mamlakat oʻrtasida yangi muntazam reyslar yoʻlga qoʻyiladi, jumladan:
Samarqand—Olmaota—Samarqand yoʻnalishida Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi;
Turkiston—Toshkent—Turkiston yoʻnalishida Air Astana aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi Fly Arystan aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi.
Ikki davlat oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya qilgan holda Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalarining har biri tomonidan Toshkent—Olmaota yoʻnalishida haftasiga 7 marotabadan, Toshkent—Nur-Sulton yoʻnalishida esa haftasiga 3 marotabadan muntazam yoʻlovchi qatnovlari bajarilmoqda.
Shuningdek, Uzbekistan Airways va SCAT Airlines aviakompaniyalarining har biri tomonidan Urganch—Aqtau–Urganch (haftasiga 2-marta) yoʻnalishida hamda SCAT Airlines aviakompaniyasi tomonidan Aqtau—Nukus—Aqtau (haftasiga 1-marta) yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring