Toshkentdagi “Stroy gorod” qurilish bozori vaqtincha yopildi

19:10 01 Iyul 2025 Jamiyat
368 0

Foto: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Stroy gorod” qurilish bozori oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasidan uzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt FVB mazkur xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 13-iyun kuni “Oziq-ovqat standart karton” MChJga qarashli “Stroy gorod” savdo kompleksi binolari va xonalarida aniqlangan yongʻinga qarshi kurash choralari boʻyicha kamchiliklarni va qonun buzilishlarini toʻliq bartaraf etilgunga qadar ish faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilgan. Shunga asosan, 27-iyun kunidan savdo kompleksi faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.

FVBga koʻra, bozor oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasidan uzilgani haqidagi xabarlar asossiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер