Toshkentdagi somsaxonada yongʻin yuz berdi
Toshkent shahrida joylashgan somsaxonada yongʻin yuz berdi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 9-dekabr kuni soat 20:03 da Toshkent shahar FVBga Uchtepa tumani Foziltepa koʻchasida joylashgan somsaxonada, yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:07 da yetib borib, alanga soat 20:20 da oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring