Toshkentdagi podstansiyada yongʻin sodir boʻldi

16:53 11 Aprel 2025 Jamiyat
321 0

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi podstansiyada yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 11-aprel kuni soat 13:20 da Yashnobod tumani Mavlono Riyoziy koʻchasida joylashgan podstansiyada yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 13:27 da yetib borib, alangani soat 13:41 da oʻchirgan. Aniqlanishicha, hodisa tufayli manzilda podstansiya hududidagi transformator kabellari yonib zararlangan.

FVB matbuot xizmatining taʼkidlashicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер