Toshkentdagi koʻchalardan biri 2 kunga yopildi
Illyustrativ foto
Toshkent shahridagi Shota Rustaveli koʻchasining Janubiy vokzaldan Yangi Sergeli koʻchasigacha (Oʻzgarish koʻprigi) boʻlgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, yoʻl 26-sentyabr kuni soat 17:00 dan 29-sentyabr kuni soat 07:00 gacha yopiladi. Tegishli hududda yoʻl taʼmirlash ishlari olib boriladi.

“Shu munosabat bilan haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni va aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring