Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin yuz berdi

08:05 21 Mart 2025 Jamiyat
249 0

Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 20-mart kuni soat 22:04 da Toshkent shahar Yunusobod tumanida yuz bergan. Poytaxt FVBga tumandagi Yunusota koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning xonadonlaridan birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar berilgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 22:16 da yetib borib, yongʻinni soat 22:24 da toʻliq oʻchirgan.

Bildirilishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер