Toshkentdagi YTHda skuter haydovchisi halok boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahri Sergeli tumanida “Damas” va skuter toʻqnashishi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2-iyun kuni soat 23:50 larda Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda-Mehrigiyo koʻchalari chorrahasida “Damas” rusumli transport vositasi va skuter mototransport vositasi toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH oqibatida skuter mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring