Toshkentda jinoyat ishi boʻyicha qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi
Toshkent shahri Bekobod tumanida qidiruvda boʻlgan shaxs YHX xizmati xodimi tomonidan qoʻlga tushdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bekobod tumanida YHX xizmati xodimi tomonidan qoidabuzarlik sodir etgan piyoda toʻxtatilib, ushbu fuqaroga tegishli maʼlumotlar tekshirilgan.
Tekshiruv natijasida, ushbu shaxs 1993-yilda tugʻilgan A.D ekanligi, Toshkent viloyati Prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 184-moddasiga koʻra qoʻzgʻatilgan jinoyat boʻyicha qidiruv eʼlon qilinganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda fuqaro Bekobod tuman IIBga topshirilgan.
Maʼlumot uchun, Jinoyat kodeksining 184-moddasi — soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlardan boʻyin tovlash haqida. Unda shaxs yoki tashkilot qasddan soliq toʻlamasa, daromadlarni yashirsa yoki kamaytirib koʻrsatsa, jazoga tortilishi belgilangan.
Avvalroq Nukus shahrida yashayotgan fuqaro farzandi uchun 13-yillik alimentni oldindan toʻlab, rekord oʻrnatgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring