Toshkentda yosh tiktoker yoʻl oʻrtasida “choʻmildi” 

00:05 17 Noyabr 2021 Jamiyat
1585 0

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchisi yoʻl oʻrtasida sochini yuvayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi vaziyatga izoh berdi.

Maʼlumotga koʻra, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi maktablardan birining 17 yoshli oʻquvchisi hazil maqsadida Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi yoʻlida oʻziga bir chelak suv quyganini videoga olgan.

Holat yuzasidan oʻsmirlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.

Qayd etilishicha, tegishli hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Mirzo Ulugʻbek tumani voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер