Toshkentda yangi qurilayotgan “dom”da yongʻin chiqdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan turar joy binosida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 13-mart kuni soat 11:08 da Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish koʻchasida joylashgan, yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBBga xabar qilingan.

Aytilgan manzilga qutqaruv ekipajlari soat 11:09 da yetib borib, soat 11:16 da yongʻinni qurshab olgan va oradan 3 daqiqa oʻtib uni toʻliq oʻchirishga erishgan. Bildirilishicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Aniqlanishicha, manzilda yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida qurilish materiallari yonib zaharlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring