Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi

11:14 10 Iyul 2023 Jamiyat
375 0

Foto: Videodan skrinshot

Bugun, 10 iyul kuni soat 06:51 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” MFY, TXAY ko‘chasida 147-sonli “Chorsu bozori va Chinni bozor” yo‘nalishida harakatlangan “Mercedes-Benz” rusumli avtobusning mator qismida yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Shunga ko‘ra 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga soat 07:00 da yetib borgan. Yong‘in, ekipaj borgunga qadar bozor hududiy yong‘in o‘chirish ekipaji va birlamchi yong‘in yo‘chirish vositalari yordamida o‘chirilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in elektr simlaridagi qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер