Toshkentda vagon taʼmirlash deposi yonib ketdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan vagon taʼmirlash deposida yongʻin chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16-mayga oʻtar kechasi soat 23:58 da poytaxtning Mirobod tumani Turkiston koʻchasida joylashgan vagon taʼmirlash deposida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVB ga xabar tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da yongʻin joyiga yetib borib, soat 01:31 da alangani qurshab olgan 02:48 da toʻliq bartaraf etgan.
Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari ham yetib borgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar tushmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring