Toshkentda terrorchilik tashkilotining 30 ga yaqin aʼzolari qoʻlga olindi

11:05 27 Yanvar 2022 Jamiyat
1166 0

Toshkentda “Tavhid va jihod katibati” terrorchilik guruhining 30 ga yaqin tarafdori qoʻlga olindi. Bu haqda poytaxt IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, qoʻlga olinganlar Toshkentda jamoaviy yigʻilishlar oʻtkazgan va kelajakda Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchi guruhlarga qoʻshilishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, guruh tarafdorlari Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan Toshkentga ishlash uchun kelgan yoshlardir.

Mazkur holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер