Toshkentda “Spark” katta tezlikda “Epica”ga borib urildi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida ikkita mashina yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Poytaxt FVB mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 24-noyabr kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Shoʻrtepa 2-tor koʻchasida avtomobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv tehnikalari aytilgan manzilga soat 00:03 da yetib borib, yongʻin soat 00:07 da oʻchirilgan.
“Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring