Toshkentda “Malibu-2” va “Spark” toʻqnashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 23-mart kuni soat 23:50 larda Toshkent shahri Mirobod tumani Nukus-Amir Temur koʻchalari chorrahasida “Malibu-2” va “Spark” rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Malibu-2” avtomobili haydovchisi va “Spark” avtomobilida boʻlgan 1 nafar yoʻlovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring