Toshkentda madaniy meros obyekti yonidagi noqonuniy qurilish toʻxtatildi

14:00 09 Mart 2025 Jamiyat
309 0

Foto: “Gazeta.uz”

Toshkent shahrida Amaliy sanʼat muzeyi yonidagi noqonuniy qurilish toʻxtatildi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib koʻchasi, 28-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlarini toʻxtatgan.

Taʼkidlanishicha, daʼvo arizasi Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan Madaniy meros agentligi tomonidan Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyiga tahdid solayotgan qonunbuzarliklar sababli kiritilgan.

Maʼlumot uchun, mazkur muzey muhim madaniy meros obyekti va Toshkent modernizmining diqqatga molik namunasi hisoblanadi.

“Shu singari maskanlarni muhofaza qilish nafaqat tarixni, balki shaharning meʼmoriy qiyofasini saqlab qolish uchun ham muhimdir”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер