Toshkentda “Lacetti” daraxtga borib urildi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Lacetti” avtomobili daraxtga borib urildi. Bu haqda poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 22-mart kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani Amir Temur—Bogʻishamol koʻchalari kesishmasida sodir boʻlgan. Harakat vaqtida “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hodisa oqibatida jarohatlangan haydovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring