Toshkentda kamida 15 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi

11:46 04 Aprel 2024 Jamiyat
607 0

Foto: «Газета.uz»

Toshkentning Maxtumquli koʻchasida payshanba kuni soat 10:30 atrofida kamida 15 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir boʻldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

YTHda ikkita ogʻir avtomobil, jumladan, beton plitalar ortilgan KamAZ va koʻplab avtomobillar ishtirok etgan. Baʼzi mashinalar jiddiy shikastlangan, boshqalari esa kichik zarar koʻrgan. Ikki mashina esa yoʻlning qarama-qarshi boʻlagiga chiqib ketgan.

Hodisa tufayli yoʻlning toʻrtta qatoridan uchtasi toʻsilib qoldi va uzun tirbandlik yuzaga keldi. Keyinroq Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasi bilan chorrahadan markaz tomon harakatlanish vaqtincha toʻxtatildi.

Voqea joyiga PPX xodimlari yetib kelgandi va avtomobillar ochiq boʻlgan bitta qatordan oʻta boshlagan. Tez yordam shifokorlari jabrlanganlarga yordam koʻrsatmoqda.

Kecha Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatida sodir boʻlgan YTH oqibatida 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер