Toshkentda inson organlari oldi-sotdisi bilan shugʻullangan er-xotin ushlandi

11:22 18 Fevral 2026 Jamiyat
333 0

Videodan kadr

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida inson aʼzolari va toʻqimalarini noqonuniy oldi-sotdisi bilan shugʻullanishda gumon qilingan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, muqaddam Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan sudlangan 1989-yilda tugʻilgan fuqaro turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda jinoiy til biriktirib, oson pul topish maqsadida insonlarda rahm-shafqat uygʻotuvchi videolar tayyorlab, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalarga joylab borgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida erkak ijtimoiy tarmoqlar orqali inson aʼzolari va toʻqimalari noqonuniy oldi-sotdisi bilan doimiy ravishda shugʻullanib kelgani aniqlangan. Mazkur shaxs mijozlarni operatsiya qilish uchun Tojikistonning Dushanbe shahridagi “Istiqlol” klinikasiga olib borayotgan boʻlgan.

Shuningdek, u oʻziga ham buyrak koʻchirish operatsiyalarini amalga oshirgani va unga bu ishda yordam berganlar ham aniqlangan. Ular orasida Telegram, Instagram, YouTube ijtimoiy tarmoqlari kanal yurituvchisi ham yaqindan yordam berib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 133-1-moddasi (inson aʼzolarining va toʻqimalarining oldi-sotdisi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер