Toshkentda ikki avtomobil toʻqnashib ketdi
Toshkenttda ikki avtomobil toʻqnashib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2-dekabr kuni soat 18:30 atrofida Toshkent shahrining Yashnobod tumani Elbek koʻchasida ikki “Lacetti” avtomashinalari toʻqnashib ketgan.
YTH oqibatida 1988-yilda tugʻilgan yengil avtomashina haydovchilaridan biriga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Ayni paytda militsiya xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring