Toshkentda ichida yosh qiz bo‘lgan lift pastga qulagani aytildi

10:46 15 Dekabr 2023 Jamiyat
617 0

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanidagi "Yangi darxon" mahallasi, 18-uydagi liftda elektr toki uzilgani, natijada liftning tormozi ishlamay pastga qulagani, ichida yosh qizaloq bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Holatga tuman hokimligi izoh berdi.

Holat bo‘yicha tuman hokimi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, sanoat xavfsizligi va barcha mas’ullar o‘rganish ishlarini olib borishgan.

Qayd etilishicha, sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilganda, lift elektr ta’minotidan uzilgan vaqtda generator ishlab qolgani va qiz pastki qavatga xavfsiz tushgani ma’lum bo‘ldi. Mas’ullar qiz va uning oilasi bilan suhbatlashishdi. Qizning ahvoli yaxshi va kayfiyati ijobiy.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер