Toshkentda haydovchining yuziga hujjatlarini otgan GAIga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

17:18 06 Noyabr 2021 Jamiyat
1550 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent shahrida GAI, haydovchini yuziga hujjatlarni otib ketib qoldi” sarlavhasi ostida video tarqalgan edi. Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Xabarga koʻra, 3-noyabr kuni soat 19:50 larda Shayxontohur tumani, “Alisher Navoiy-Labzak” koʻchalari kesishgan chorrahada xizmat olib borayotgan YPX xodimi B.Sadikov tomonidan “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi piyodalarga yoʻl bermaganligi bois toʻhtatilgan. Oʻzaro muloqot vaqtida haydovchi eʼtirozlari borligini aytgan. Videoda xodim hujjatlarni haydovchining qoʻliga bermay avtomobil saloniga tashlab, ketib qolganligi aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.

Tekshiruv davomida videoda aks etgan barcha holatlarga hamda YPX xodimining xatti-harakatiga huquqiy baho beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер