Toshkentda farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilishga oid 2-xalqaro kongress va koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
Joriy yil 15-16-noyabr kunlari Toshkentda “Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish” 2-xalqaro kongress va koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari farmatsevtika tarmogʻi yetakchilariga atalgan mazkur unikal professional maydonda investitsion loyihalar, yirik korxonalar rahbarlari, davlat idoralari, regulyator-nazorat organlari vakillari, ishlab chiqarish texnogiyalari litsenziarlari, qurilmalar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilari, injiniring hamda loyihalashtirish va qurish kompaniyalari vakillari, shuningdek texnologiyalar va xizmatlar yetkazib beruvchilari uchrashishadi.
Tadbirda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiyalash boʻyicha yirik investitsion loyihalarni hamda farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring