Toshkentda elektron reklama peshtaxtasi yonib ketdi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida elektron peshtaxtada yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 16-sentyabr kuni soat 07:26 da Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasida elektron reklama peshtaxtasi yonayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:31 da yetib borib, yongʻin soat 07:40 da oʻchirilgan.
Bildirilishicha, yongʻin oqibatida jarohat olganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring